Sane "Galatasaroy"ni rad etdi
"Bavariya" vingeri Leroy Sane Turkiyaning "Galatasaroy" klubiga o‘tishni rad etdi, deya xabar berdi Ekrem Konur.
28 yoshli nemis futbolchisining myunxenliklar bilan shartnomasi kelayotgan yozda yakunlanadi. Klub rahbariyati vinger borasida mavsum yakunida qaror qabul qiladi.