Sanening "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishi dargumon
"Bavariya" hujumchi Leroy Sane bilan shartnomasini uzaytirishi hozircha dargumon. Demak, Sanening yozda “Bavariya”ni tark etish imkoniyati oshgan.
Nemis futbolchisining myunxenliklar bilan shartnomasi joriy futbol mavsumi oxirigacha amal qiladi. Sane 28 yoshda va joriy mavsumda "Bavariya" tarkibida 13 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi.
Futbolchi “Bavariya”ga 2020 yilning yozida “Manchester Siti”dan kelgan edi.