"Barselona" APLning 70 million yevroga baholangan hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
"Aston Villa" hujumchisi Jon Dyuran "Barselona"ning radarida. "Ko‘k-anorranglilar" vakillari 21 yoshli futbolchining rivojlanishini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Jurnalist Toni Xuanmartining so‘zlariga ko‘ra, kolumbiyalik hozirda Kataloniya grandi tomonidan ko‘rib chiqilayotgan nomzodlardan biri.
"Aston Villa" forvardni 60-70 million yevroga baholamoqda, bu "Barsa" uchun muammo bo‘lishi mumkin.
Joriy mavsumda Jon Dyuran 26 ta o‘yinda 12 ta gol urdi.