Ispaniya klublari "Barselona" sababli La Ligani sudga bermoqchi
Agar Dani Olmo va Pau Viktor "Barselona"da ro‘yxatdan o‘tadigan bo‘lsa, La Liga klublari sudga berishga tayyor. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.
Avvalroq, "Barselona" mavsumning ikkinchi qismida ikkala futbolchini ham ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortgandi. La Liga mavsum uchun futbolchilarni ro‘yxatidan olib tashladi.
Manbaga ko‘ra, bir qancha klublar La Liga rahbariyatini agar Kataloniya prezidenti Joan Laportaning o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha bosimiga rozi bo‘lsa, musobaqani bekor qilish uchun sudga murojaat qilishga tayyor ekanliklarini bildirgan.