La Liga klubi posboni Portugaliyaga yo‘l oldi
"Betis" klubi darvozabon Ruy Silva bilan xayrlashdi.
30 yoshli portugaliyalik posbon mavsum oxirida majburiy sotib olish sharti bilan "Sporting"ga ijaraga berildi. Uning shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Marca nashri xabariga ko‘ra, ispan klubi 4,7 million yevro ishlab oladi, yana bir millioni esa bonus sifatida taqdim etiladi.
Silva joriy mavsumda La Ligada 15 ta o‘yin o‘tkazdi va 5 ta o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.