Yildiz o‘yindan so‘ng jamoadoshlaridan uzr so‘radi
“Yuventus” hujumchisi Kenan Yildiz “Atalanta”ga (1:1) qarshi o‘yindagi omadsiz o‘yin uchun uzr so‘radi.
"Oxirgi vaziyatmi? Men xato qildim, to‘pni Samuelga uzatishim kerak edi. Undan va butun jamoadan uzr so‘rayman. Biz o‘yinimiz bilan g‘alaba qozonishga loyiq edik", dedi futbolchi.
“Yuventus” joriy A Seriyada o‘tkazgan 20 uchrashuvning 13 tasida durang qayd etgan. Tiago Motta shogirdlari birorta ham o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan.