"Real" "Oltin to‘p" uchun kurashda yetakchi yulduzni tekinga qo‘lga kiritishga urunib ko‘rishi mumkin
"Liverpul" yulduzi vingeri Muhammad Salohning shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi. Klub va futbolchi shartnomani uzaytirishdan yiroq.
Futbolchiga Saudiya klublari qiziqish bildirmoqda. Misrlik futbolchiga Ispaniyaning ikki grandi - "Real" va "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda. Agar yozda Levandovski yoki Frenki de Yong jamoani tark etsa, kataloniyaliklar Salohning moliyaviy talablarini qondira oladi. "Real Madrid" Salohni Vinisius Junior yoki Rodrigo o‘rniga qo‘shib olishi mumkin.
Saloh "Liverpul"ga 2017 yilda kelib qo‘shilgan edi. Bu vaqt ichida u Premyer-liga va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.