"Yuventus"ning yangi futbolchisi Turinga yetib keldi
Portugaliyaning "Vitoriya Gimaraes" klubi himoyachisi Alberto Koshta "Yuventus"ga o‘tishga yaqin turibdi.
Xabarlarga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi Turinga uchib kelgan. U tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va 1 yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolaydi.