"Barselona" vise-prezidenti Olmoning vaziyatiga to‘xtaldi
"Barselona" vise-prezidenti Yelena Fort jamoaning yarim himoyachisi Daniel Olmoni joriy mavsumning ikkinchi yarmiga ro‘yxatdan o‘tkazishdagi muammolar Kataloniya klubining obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, deb hisoblaydi.
"Bu klub obro‘siga salbiy ta’sir qilmaydi. "Barsa" - ajoyib ishlarni amalga oshirgan katta klub. Agar siz bu vaziyatni tilga olib, professionallikning yetishmasligini aytayotgan bo‘lsangiz, "Barselona"da ishlaydigan mutaxassislarga nisbatan hurmatsizlik qilgan bo‘lasiz," - deya Fort so‘zlarini «Diario Sport» keltirmoqda.