Yamal Simonni qanday dog‘da qoldirganini aytdi
"Barselona" vingeri Lamin Yamal Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletik Bilbao" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:0) intervyu berdi.
17 yoshli futbolchi 52-daqiqada “Barsa” darvozasiga ikkinchi golni kiritdi. “Maqsadimiz g‘alaba qozonib, finalga chiqish edi.
"Atletik" - jismonan kuchli jamoa va birinchi bo‘lim oxirida biz qiynaldik. Goldan xavotirlanmadim.
Unai Simon men odatda uzoq burchakka zarba berishimni bilardi, shuning uchun bu safar buni boshqacha tartibda amalga oshirishga qaror qildim", dedi Yamal o‘yindan keyingi intervyusida.