Frenki de Yong “Barselona” haqida: “To‘rt yilda bor-yo‘g‘i uchta sovrin yutaman deb o‘ylamagandim”
“Barselona” va Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong ayni vaqtdagi jamoasi xususida fikrlarini bildirib o‘tdi.
Futbolchi Kataloniya klubiga transferidan ko‘proq narsa kutgani haqida gapirdi.
“Tan olishim kerak: “Barselona” bilan shartnoma imzolayotganda, 4 yil davomida 1 martadan chempionat va mamlakat kubogi hamda Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqaman, deb o‘ylamagandim. Men kabi ikki barobar ko‘prog‘ini kutgandim, shuning uchun ancha tushkun holatdaman. Afsus, ba’zi narsalarni o‘zgartirib bo‘lmaydi”, – dedi Frenki de Yong.
Ma’lumot uchun, niderlandiyalik yarim himoyachi Kataloniyaga 2019 yili “Ayaks”dan ko‘chib o‘tgandi.
Manba: daryo.uz