"Liverpul" Trentga yanada katta shartnoma taklifini yubordi
"Liverpul" o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni ushlab qolish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda.
26 yoshli futbolchi mavsum oxirida "qizillar" bilan yangi shartnoma imzolamasa, erkin agentga aylanadi. Hozirda ingliz futbolchisi xorij klublari bilan bemalol muzokara olib borishi mumkin - mish-mishlarga ko‘ra, "Real Madrid" uni sotib olmoqchi.
Jurnalist Jon Richardsonning xabar berishicha, "Liverpul" Trentga haftasiga 300 ming funt (360 ming yevrodan ortiq) maosh bilan besh yillik shartnoma taklif qilgan. Umuman olganda, agar u rozi bo‘lsa, Mersisayd klubi tarbiyalanuvchisi 90 million yevrodan ko‘proq daromad olishi mumkin.