"Milan" futbolchisi Bundesligaga yo‘l olishi mumkin
"Milan" vingeri Noa Okafor faoliyatini "Leypsig"da davom ettirishi mumkin. Jurnalist Matteo Moretto xabariga ko‘ra, "Leypsig" allaqachon "Milan" bilan 24 yoshli futbolchining transferi borasida muzokaralarga kirishgan.
Qayd etilishicha, tomonlar o‘rtasidagi muloqot ijobiy kayfiyatda davom etmoqda. Joriy mavsumda shveysariyalik futbolchi barcha turnirlarni hisobga olgan holda 16ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Okaforning "Milan" bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 15 million yevroga teng.