"MYU" futbolchisi jamoadan ketish niyatida emas
oshua Zirkzee "Manchester Yunayted"da qolishni istamoqda.
Sky Sports nashri yozishicha, forvard klubni tark etishdan manfaatdor emas. Unga "Manchester Yunayted"da hamma narsa yoqadi va niderlandiyalik futbolchi o‘zini Premyer-ligada ko‘rsatishga qaror qildi.
Futbolchi vakillariga transfer bo‘yicha bir qancha takliflar tushdi. "Yuventus", "Napoli", "Inter", "Milan" va bir qancha Premyer-liga klublari qiziqish bildirmoqda. Barcha nomzodlarga futbolchining hech qayerga ketmasligi haqida ma’lumot berildi.
Joriy mavsumda Zirkzee Premyer-ligada 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.