"Arsenal" sobiq futbolchisi klubda sport direktori lavozimida ish boshlashi mumkin
Chexiyalik sobiq futbolchi Tomas Rosiski Londonning "Arsenal" klubi sport direktori lavozimiga asosiy nomzod sifatida paydo bo‘ldi. The Guardian bu haqdagi yangiliklar bilan bo‘lishdi.
Hozirda tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. Agar ular muvaffaqiyatli yakunlansa, Rosiski 2025 yilning yozida sobiq klubining sport direktori bo‘ladi. Ilgari bu lavozimda Edu Gaspar ishlagan.
Rosiski "Arsenal"da 10 yil, 2006 yildan 2016 yilgacha o‘ynagan. U futbolchilik faoliyatini 2017 yilda o‘zi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan "Sparta" Pragada yakunlagan. 2018 yildan buyon u "Sparta" sport direktori hisoblanadi.