Angliyaning ikki klubi Kolo-Muanini ijaraga olishga harakat qilmoqda
"Tottenxem" va "Manchester Yunayted" shu oyning boshida "PSJ" hujumchisi Randal Kolo-Muanini ijaraga olish variantini faol o‘rganmoqda, deya xabar beradi The Athletic.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli fransiyalik futbolchiga Premyer-liganing ikkala klubi ham qiziqish bildirmoqda va uni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarlar sanaladi.
"PSJ" Kolo-Muanini o‘tgan yozda Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan 95 million yevro evaziga sotib olgandi.