"Chelsi" yana bir futbolchisini muddatdan oldin ijaradan qaytarib olmoqchi
"Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Trevo Chaloba "Chelsi"ga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "ko‘klar" himoyani kuchaytirish variantlarini qidirmoqda, jumladan, 25 yoshli Chalobani ijaradan qaytarish imkoniyati ham ko‘rib chiqmoqda. Biroq hozircha hech qanday qaror qabul qilinmagan va "burgutlar" himoyachini mavsum oxirigacha saqlab qolishni istaydi, deya ta’kidlaydi manba.
Joriy mavsumda Chaloba barcha turnirlarda 14 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urishga erishdi. Futbolchining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Chelsi" yana bir markaziy himoyachi Aaron Anselminoni ijaradan qaytargan edi.