"Milan" "Chelsi" yarim himoyachisini ijaraga olmoqchi
"Chelsi" yarim himoyachisi Karni Chukvuemeka Italiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Calciomercato xabariga ko‘ra, milanliklar futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Qayd etilishicha, gap iqtidorli yarim himoyachini sotib olish huquqini o‘z ichiga olgan olti oylik ijara haqida bormoqda. 21 yoshli angliyalik futbolchi joriy mavsumda "Chelsi"ning atigi to‘rtta o‘yinida qatnashdi, ammo gol ura olmadi.
Chukvuemekaning London klubi bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan va uning transfer narxi 15 million yevroga baholangan.