Son: "Aybni o‘z bo‘ynimga olaman"
"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min "Chelsi"dan uchralgan mag‘lubiyat (3:4) haqida fikr bildirdi.
"Biz juda xafa. Hozir nima deyishni bilmayman. Biz juda ahmoqona gollar o‘tkazib yubordik, mag‘lubiyatga mayda detallar sabab bo‘lgandek tuyuladi. Bunday yirik uchrashuvlarda maydonga chiqib, gol urish kerak. Biz bunday gollarni o‘tkazib yubormasligimiz, bunday vaziyatlarga tushib qolmasligimiz kerak.
Men kun bo‘yi shu yerda turib xatolar haqida gapira olaman, lekin aybni o‘z zimmamga olganim ma’qul. Bunday qiyin damlarda biz birga bo‘lishimiz kerak", - dedi "Tottenxem" sardori.