"Barsa" safida 16 yoshli futbolchi maydonga tushdi
Antonio Fernandes "Barselona" asosiy jamoasi safida ilk bor maydonga tushdi.
Yosh futbolchi Ispaniya kubogi doirasida "Barbastro"ga qarshi kechgan bahsning 81-daqiqasida Pablo Torre o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.
Barca Universal xabariga ko‘ra, Fernandes Lamin Yamaldan keyin "Blaugrana" safida debyut qilgan eng yosh ikkinchi futbolchiga aylandi. Antonio kecha atigi 16 yoshu 173 kunlik edi.