Yildiz "Inter" - "Yuventus" qarama-qarshiligi rekordchisiga aylandi
"Yuventus" hujumchisi Kenan Yildiz "Inter" bilan o‘yinda (4:4) jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Yosh futbolchi o‘yinning 62-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. O‘sha paytda uning jamoasi 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotgan edi. O‘yin yakuniga qadar turkiyalik yulduz ikkita gol urib, tablodagi yakuniy natijani o‘rnatdi – 4:4. Opta xabariga ko‘ra, Yildiz A Seriyada "Yuventus" safida "Inter"ga qarshi bahsda bittadan ko‘p gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi (19 yoshu 176 kun).
Kenan Yildiz barcha turnirlarda joriy mavsumdagi 12 uchrashuvda uchta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.