Koman "Bavariya"ning Kompani qo‘l ostidagi o‘yini haqida gapirdi
"Bavariya" vingeri Kingsli Koman Vensan Kompanining o‘yinga yondashuvida muammo ko‘rmayapti. Ommaviy fikrga ko‘ra, belgiyalik "Bavariya"da o‘ta xavfli futbol o‘ynamoqda, bu esa jamoani kuchli raqiblar oldida zaif qoldirishi mumkin.
Yaqinda Chempionlar ligasida "Barselona"dan uchralgan og‘ir mag‘lubiyatdan so‘ng (1:4) klub ichida shubhalar kuchaygani haqida matbuotda ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
"Bizning uslubimiz yaxshi. Biz juda ko‘p bosim o‘tkazamiz, bu o‘zimizni kuchli his qilganimizda, bugungi kabi ajoyib ishlaydi. Mudofaa zaifligi? Tabiiyki, siz faol bo‘lsangiz va katta kuch bilan hujum qilsangiz, ortda kamroq o‘yinchilar qoladi. Biz bir jamoa bo‘lib ishlashga tayyor bo‘lishimiz kerak", - dedi Koman.