Aleksandr-Arnold uchun taklif miqdori yanada oshirildi
«Liverpul» Trent Aleksandr-Arnold uchun shartnoma taklifini oshirdi.
«CaughtOffside» manbalariga ko‘ra, «Liverpul» 26 yoshli himoyachiga agar u klub bilan 4 yillik shartnoma imzolashga rozi bo‘lsa, yiliga 20 million funt maosh taklif qilgan. Biroq futbolchi bu taklifni keyinga qoldirishga qaror qildi, chunki «Real»dan qiziqish bor.
Ma’lumki, Madrid klubi yanvar oyida rejalashtirilgan yig‘ilish o‘tkazadi, unda Aleksandr-Arnoldning ehtimoliy transferi muhokama qilinadi, chunki u klubning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.