«Yuventus» anchadan buyon «Napoli» yarim himoyachisini ko‘zlamoqda
«Yuventus» Jakomo Raspadorini sotib olmoqchi.
Turin klubi «Napoli» yarim himoyachisiga anchadan beri ko‘z tikib kelmoqda, deb xabar beradi «La Gazette Dello Sport». «Yuventus» bosh murabbiyi Tiago Motta ham futbolchiga yuqori baho beradi.
«Napoli» anchadan beri Raspadori bilan muzokara qilishdan bosh tortgan, biroq so‘nggi kunlarda o‘z pozisiyasini qayta ko‘rib chiqishga tayyor. Ta’kidlanishicha, «Yuventus» kelishuvga «Napoli» ustozi Antonio Konte yoqtiradigan Danilo yoki Nikolo Fadjolini ham qo‘shishi mumkin.
Turin klubi allaqachon Raspadori uchun ijara bo‘yicha muzokaralar olib borishga urinib ko‘rdi, ammo rad javobini olishdi. «Napoli» Jakomo uchun pul olmoqchi - uning narxi 18-20 million yevroga baholanmoqda.
Daniloning «Yuventus» bilan shartnomasi 2025 yilning iyunida tugaydi, braziliyalik futbolchi shartnoma oxirigacha klubda qolishni istashini va erta ketish niyatida emasligini aytdi. Biroq Konte tajribasi va ishonchliligi tufayli Daniloni himoyani kuchaytirish uchun ideal variant sifatida ko‘rmoqda. Futbolchi Mottaning loyihasida asosiy o‘yinchi emas va klub qishda uni sotish haqida o‘ylashi mumkin.
Yana bir variant Nikolo Fadjolini kelishuvga qo‘shish bo‘lishi mumkin. Yarim himoyachi Italiya kubogi bahsi uchun tarkibga kiritilmagan va oxirgi 11 o‘yinda faqat bir marta maydonga tushgan, besh holatda zaxirada qolgan.
«Yuventus» Fajolini 25 million yevroga baholaydi va agar mos taklif tushsa, uni qo‘yib yuborishga tayyor. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Raspadori A Seriyaning joriy mavsumida 8 ta o‘yin o‘tkazdi va birorta ham gol ura olmadi.