"Napoli" hujumchisi "Yuventus"ning transfer maqsadiga aylandi
"Napoli" hujumchisi Jakomo Raspadori "Yuventus"ning transfer maqsadi bo‘lib turibdi.
24 yoshli futbolchiga Antonio Konte tizimida talab unchalik katta emas – joriy A Seriyada bor-yo‘g‘i ikki marta u asosiy tarkibda maydonga tushdi. Jurnalist Fabiana della Vallening xabar berishicha, "Yuventus" vaziyatdan unumli foydalanishi mumkin: Raspadorini bosh murabbiy Tiago Motta yaxshi ko‘radi. Turinliklar sport direktori Krishtianu Juntoli ham o‘yinchi "byankonerilar"ga mos kelishiga ishonishadi. Muammo "keksa senyora" va "Napoli" o‘rtasidagi muzokaralarda bo‘lishi mumkin emas.
Transfermarkt xabariga ko‘ra, Jakomo Raspadori transfer qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi.