"Jirona" ukrainalik darvozabon bilan shartnoma imzoladi
Ukraina yoshlar terma jamoasi darvozaboni Vladislav Krapivsov faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettiradi. Futbolchi "Jirona"ga ko‘chib o‘tdi.
Krapivsov jamoaga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Tomonlar 2029 yilning o‘rtalarigacha amal qiladigan uzoq muddatli mehnat shartnomasini tuzdilar. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida “Jirona” 16 ta o‘yin o‘tkazdi. Kataloniya jamoasi hisobida 22 ochko bor va La Liga turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. Keyingi turda “Jirona” safarda “Malyorka” bilan uchrashadi. O‘yin 14 dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.