"Jirona"ning ukrainalik futbolchisi jarohatidan forig‘ bo‘ldi
Ukrainalik vinger Viktor Sigankov jarohatidan to‘liq tiklanishga yaqin turibdi.
AS nashri xabariga ko‘ra, Sigankov xalqaro tanaffusdan so‘ng o‘yinga jalb etilishi mumkin. "Jirona" Ispaniya chempionati doirasida "Espanyol"ga qarshi o‘ynaydi.
Viktor boshqa bir qator jarohat olgan futbolchilar bilan birga maydonga qaytish uchun jamoaning dam olish kunida mashg‘ulot o‘tkazdi.
Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi 8ta o‘yinda maydonga tushdi. U oxirgi marta shu yilning sentyabr oyi oxirida maydonga tushgan edi.