"Arsenal" tez orada ukrainalik posbon bilan shartnoma imzolaydi
Londonning “Arsenal” klubi yaqin kunlarda ukrainalik darvozabon Vladislav Krapivsov bilan shartnoma imzolaydi, deb xabar beradi jurnalist Igor Burbas.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi o‘tgan haftadayoq "kanonirlar" bilan mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan.
Krapivsov "Dnepr" klubi bitiruvchisi. O‘tgan mavsumda u "Dnepr-1" yoshlar jamoasida o‘ynab, U-19 chempionatida 25ta o‘yin o‘tkazdi. Jamoa UPLdan chiqarilgandan so‘ng, Krapivsov erkin agent maqomini oldi va Xarkovda mustaqil ravishda formasini saqlab turdi.
Eslatib o‘tamiz, yozda Vladislav Krapivsov "Chelsi"ning ko‘rigida ishtirok etgan va "ko‘klar" u bilan shartnoma imzolamoqchi bo‘lgan, biroq klub futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagani uchun transfer amalga oshmagandi.