«Arsenal» yozdagi asosiy transfer nishonini belgilab oldi
«Arsenal» asosiy transfer maqsadini belgilab oldi. «Transfer News Live»ning «TEAMTalk»ga tayanib xabar berishicha, London klubi «Nyukasl» hujumchisi Aleksandr Isak bilan shartnoma imzolamoqchi.
Shu bilan birga, «Nyukasl» Dominik Kalvert-Lyuin va Jonatan Devid nomzodlarini ko‘rib chiqishi aytilmoqda. Ulardan kimdir «qarg‘alar»ning hujum chizig‘ida Isakning o‘rnini bosishi mumkin. Kalvert-Lyuin ham, Devid ham yozda erkin agent maqomini olishlari mumkin.
Shuni qo‘shimcha qilamizki, nufuzli «Transfermarkt» portali mutaxassislari Aleksandr Isakni 75 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda 25 yoshli hujumchi 11 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol urdi va sheriklariga ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.