"Barselona"ning sobiq direktori: "Barselona"ni tanqid qilayotganlar bir stakan iliq sut iching va yoting"
"Barselona"ning sobiq direktori kataloniyaliklar va "Real"ning Chempionlar ligasidagi o‘rni haqida gapirdi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida “Real” “Atalanta”ni (3:2), “Barselona” Dortmundning “Borussiya”sini (3:2) mag‘lub etdi.
Kataloniyaliklar turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turishibdi va turnirning ushbu bosqichi yakunlanishiga ikki tur qolganda o‘zini pley-offda ishtirok etishini kafolatlab bo‘ldi. Madridliklar 20-o‘rinda va pley-off zonasida.
"Televizor qarshisida o‘tirib "Barselona"ning qoqilib ketishini kutganlar... Oh! Bir stakan iliq sut iching va yoting.
Matbuot to‘rt kundan beri Chempionlar ligasida 20-o‘rindagi jamoa qanchalik yaxshi va 2-o‘rindagi jamoa qanchalik yomon ekani haqida karnay-surnay chalik yuribdi", - deb yozdi "Barselona"ning sobiq direktori Toni Freysha "ko‘k-anorranglilar"ning o‘yinidan keyin.
Eslatib o‘tamiz, La Ligada "Barselona" Madriddan 2 ochko oldinda, ammo "Los Blansos"da bitta zaxira o‘yini bor. So‘nggi turda Xansi Flik shogirdlari “Betis” bilan o‘yinda (2:2) ochko yo‘qotgan bo‘lsa, Karlo Anchelotti shogirdlari “Jirona”ni mag‘lub etishdi (3:0).