Rasman: «Roma» xo‘jayini APLdan klub sotib oldi
«Everton» egasi o‘zgargani haqida bayonot berdi. Xabar ingliz jamoasining rasmiy saytida paydo bo‘ldi.
«Rendhouse» «Everton»ning nazorat paketini sotib oldi. Kompaniya «The Friedkin Group» tarkibiga kiradi. Kelishuv allaqachon Premyer-liga va futbol assosiasiyasi tomonidan ma’qullangan.
«Irislar» jadvalda 16-o‘rinni egallab turibdi. Klub 22 dekabr kuni «Chelsi»ga qarshi bahs olib boradi.