«Everton» egasi o‘zgargani haqida bayonot berdi. Xabar ingliz jamoasining rasmiy saytida paydo bo‘ldi.
«Rendhouse» «Everton»ning nazorat paketini sotib oldi. Kompaniya «The Friedkin Group» tarkibiga kiradi. Kelishuv allaqachon Premyer-liga va futbol assosiasiyasi tomonidan ma’qullangan.
«Irislar» jadvalda 16-o‘rinni egallab turibdi. Klub 22 dekabr kuni «Chelsi»ga qarshi bahs olib boradi.