"PSJ" hujumchisi Kolo-Muani bilan ikki top-klub qiziqish bildirmoqda
"PSJ" hujumchisi Randal Kolo-Muani bosh murabbiy Luis Enrikening rejalariga kiritilmagan.
Parijliklar yanvar oyidayoq 26 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, fransiyalik futbolchiga da’vogarlar ro‘yxati kengaydi. U uchun kurashga "Bavariya" va "Milan" klublari ham qo‘shildi. Potensial transfer tafsilotlari hozircha noma’lum.
Transfermarkt ekspertlari Randal Kolo-Muanining narxini 30 million yevroga baholamoqda.