Motta "Milan"ga qarshi o‘yinda faqat g‘alabani ko‘zlamoqda
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Tyago Motta Italiya Superkubogi yarim finalida "Milan"ga qarshi o‘yindan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, uning jamoasi faqat g‘alaba uchun maydonga tushadi, chunki mag‘lub bo‘lsa, chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyati yo‘qoladi.
"Milan" - yaxshi o‘yinchilar va "Portu"da juda yaxshi ishlagan yangi murabbiyga ega jamoa. Biz borimizni beramiz. Biz nima qilishimiz kerakligini va nimadan qochishimiz kerakligini yaxshi bilamiz", - deya Mottaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Turin jamoasi rasmiy sayti.