Tottining sobiq rafiqasi endi yolg‘iz emas
Franchesko Tottining sobiq rafiqasi yangi sherigi bilan qanday tanishganini aytib berdi.
"Roma"ning sobiq hujumchisi va model Ilari Blasi 20 yil birga bo‘lgan va ularning uch farzandi bor edi. Er-xotin 2022 yil iyul oyida ajralishdi.
Blasi yangi sherigi Bastian Myuller bilan uchrashishi haqida gapirdi.
“U tashabbus ko‘rsatdi. Yigit topishdan boshqa hamma narsani o‘yladim, to‘rt oydan beri yolg‘iz edim.
Samolyotga chiqishdan oldin aviakompaniya salonida edik. Men Rimga, u esa Germaniyaga qaytayotgan edi. U meni oldin hech qachon ko‘rmagan va mening kimligimni ham bilmas edi, xayriyatki. U o‘zini tanishtirdi va raqamimni so‘rash o‘rniga Instagram profilimni qanday topishni so‘radi.
Unga o‘z profilimni berdim, lekin undan so‘ramadim. Biz shunday bog‘landik", dedi Blasi.