Fonseka: "Tomori biz uchun juda muhim"
"Milan" bosh murabbiyi Paulo Fonseka "Yuventus"ning Fikayo Tomoriga qiziqishi haqidagi ma’lumotga izoh berdi.
Turinliklar qishki transfer oynasida himoya markazini kuchaytirish niyatida va “rossonerilar”ning asosiy tarkibida doimiy o‘ringa ega bo‘lmagan 27 yoshli ingliz “keksa sinyora”ning asosiy maqsadlaridan biri sanaladi.
"Tomorini "Yuventus"ga sotish xato bo‘ladi. Fikayo haqiqiy professional, o‘ynamasa ham uning klubga bo‘lgan munosabati o‘zgarmaydi.
U tez-tez maydonda bo‘ladimi yoki yo‘qligini ayta olmayman, lekin men uchun u juda muhim", - dedi Fonseka A Seriyaning yakshanba kuni «Roma»ga qarshi o‘yinidan oldin.