"Yuventus" besh himoyachini kuzatmoqda
Taniqli jurnalist “Yuventus”ning kelasi yil uchun himoyasini kuchaytirish rejalarini oshkor qildi.
Alfredo Pedullaning fikricha, "Feyenoord" himoyachisi David Gansko hamon "Yuventus"ning 2025 yildagi ustuvor varianti bo‘lib qolmoqda. "Byankoneri" rahbariyati 27 yoshli futbolchini moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, yanvar yoki iyun oylarida transfer qilishni ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumki, “Benfika” futbolchisi Antonio Silva ham “keksa sinyora” himoyasini kuchaytirishga yana bir nomzod bo‘lib turibdi, biroq klublar o‘rtasida 21 yoshli futbolchining ijarasi bo‘yicha aniq kelishuv yo‘q. "Yuventus" mutasaddilari tez orada "Milan" futbolchisi Fikayo Tomori agentlari bilan uchrashib, uning ehtimoliy transferini muhokama qilishadi.
Shuningdek, Italiya top-klubi “Barselona”dan Ronald Arauxo va Andreas Kristensenni diqqat bilan kuzatib bormoqda.