"Siti" futbolchisi jarohatdan to‘liq tuzaldi
"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stouns navbatdagi uchrashuvda ishtirok etishga tayyor. Bu haqda City Xtra xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi jarohatidan tuzalgach, umumiy guruh bilan to‘liq mashg‘ulot o‘tkazgan.
Stouns APLning so‘nggi to‘rtta o‘yinini o‘tkazib yuborgan, biroq “Manchester Yunayted” bilan so‘nggi o‘yin uchun maydonga tushgan edi.
Joriy mavsumda Stouns barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urishga erishdi.