«Barselona» Chempionlar ligasi pley-off bosqichini Madridda o‘tkazishi mumkin
«Barselona» fevral oyida Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida uy o‘yinlarini o‘z shahrida o‘tkazmasligi mumkin.
Bunga asosiy sabab, jamoaning hozirgi uy stadioni — «Monjuik» maydonini tark etishi va rekonstruksiya qilinayotgan «Kamp Nou» stadionining fevralgacha tayyor bo‘lmasligidir.
Katalonlar hozirda Chempionlar Ligasi o‘yinlari uchun mos arenani izlamoqda. Ehtimoliy variantlar sifatida «Atletiko», «Espanyol» yoki «Valensiya» klublarining uy stadionlari ko‘rib chiqilmoqda.
Madrid shahri hokimi esa "Barselona"ning o‘z o‘yinlarini "Atletiko" stadionida o‘tkazishiga qarshi emasligini ma’lum qildi.
«Bu holat «Atletiko» uchun iqtisodiy jihatdan foydali bo‘ladi. Men bunga qarshi emasman», – dedi Madrid meri.
Manba: bombardir.ru