"Yuventus" yanvar oyidagi asosiy transfer maqsadini aniqladi
Turinning "Yuventus" klubi "Feyenoord" himoyachisi David Ganskoni yanvar oyidagi transferlar oynasi uchun ustuvor vazifaga aylantirishga qaror qildi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, klub rahbariyati Ganskoni jarohat olgan Bremerning o‘rniga ideal nomzod deb hisoblamoqda. Qayd etilishicha, “Feyenoord”ni futbolchini sotishga ko‘ndirish oson bo‘lmasligi mumkin.
Joriy mavsumda futbolchi klub safida barcha turnirlarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.