"Fenerbaxche" qishda De Bryuyneni qo‘lga kiritishga harakat qilmoqchi
"Fenerbaxche" Kevin De Bryuyneni sotib olmoqchi.
Belgiyalik 33 yoshli futbolchining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.
Xabarga ko‘ra, turk klubi yarim himoyachini qishki transferlar vaqtida sotib olishga harakat qilmoqchi.
Kevin De Bryuyne joriy mavsumda APLning 10 ta uchrashuvida 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.