"Barsa" ikki yulduziga: Shartnomangni uzaytir yoki ket
"Barselona" yaqin orada o‘zining ikki yulduz futbolchisiga yangi shartnoma bo‘yicha so‘nggi takliflarini yuboradi, deya xabar berdi «Mundo Deportivo».
Manbaga ko‘ra, gap himoyachi Ronald Arauxo va yarim himoyachi Frenki de Yong haqida ketmoqda. Klub ikkala futbolchiga ham yo shartnomani uzaytirishni yo ketishini so‘ragan.
Arauxo va de Yongning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.