"Nyukasl" hujumchisiga narx belgiladi
"Botafogo" "Nyukasl" vingeri Migel Almironga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi «Ge Globo».
Braziliya klubi rahbariyati futbolchining kuzatib, unga rasmiy taklif bildirish-bo‘lmasligini hal qiladi. Qayd etilishicha, "Nyukasl" Almiron uchun kamida 10 million dollar olmoqchi.
Shu bilan birga, "Botafogo" 30 yoshli futbolchi uchun katta pul sarflamoqchi emas, chunki kelajakda uni qayta sotish dargumon.