"Nyukasl" hujumchisi Janubiy Amerikaga yo‘l olishi mumkin
"Nyukasl" hujumchisi Migel Almiron faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
GeGlobo xabariga ko‘ra, 30 yoshli paragvaylik futbolchini "Botafogo" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Qarg‘alar" ma’qul taklif tushsa futbolchini qo‘yib yuboradi.
Almiron joriy mavsumda 10 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo samarali harakat qila olmadi.