Gvardiola "Bavariya" yulduzini keyingi yozda tekinga olib kelmoqchi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Bavariya"ning 29 yoshli yarim himoyachisi Joshua Kimmix bilan yozda nemis futbolchisining "shaharliklar" safiga tekinga o‘tishi mumkinligi borasida muzokaralarga yashil chiroq yoqdi. Bu haqda TBR Football xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Barselona" Kimmix uchun kurashda "Manchester Siti"ga raqib bo‘lishi mumkin. Bu ikki klub nemis yarim himoyachisining ko‘p qirraliligini, shuningdek, yarim himoyada ham, himoyada ham o‘ynagan katta tajribasini qadrlaydi.
Kimmix joriy mavsumda barcha musobaqalarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.