"Lion" murabbiyi "Ayntraxt" ustidan qozonilgan g‘alabaga haqida gapirdi
Kecha "Lion" o‘z maydonida Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Fransiya klubi bosh murabbiyi Pyer Saje jamoaning o‘yini unga yoqqanini aytdi.
"Menga mentalitet juda yoqdi. Maydondan tashqarida biz ba’zi narsalarni, ba’zi tafsilotlarni nazorat qila oldik va bu biz tendensiyani o‘zgartira oldik va o‘z o‘yinimizni yarata oldik degani edi. Garchi biz ularning kuchini qabul qilishimiz kerak edi. "Ayntraxt"ni ushlab turish qiyin edi, chunki ularga kichik vaziyatni gol urish imkoniyatiga aylantirish uchun juda qisqa vaqt kerak", - dedi Pyer Saje.
Eslatib o‘tamiz, olti turdan keyin “Lion” 13 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. “To‘quvchilar” navbatdagi o‘yinini 15 dekabr kuni “PSJ”ga qarshi safarda o‘tkazadi