Vardi uchrashuvlar davomida raqiblarini ularning ona tillarida so‘kishi m’lum bo‘ldi
Britaniya OAVlarida “Lester” hujumchisi Jeymi Vardi haqidagi shov-shuvli xabar paydo bo‘ldi. 38 yoshli futbolchi raqiblar jahlini chiqarish uchun noan’anaviy usullarni qo‘llaydi.
Shunday qilib, Vardi har bir o‘yin oldidan o‘ziga qarshilik qiladigan himoyachilarning ona tillarida so‘kishlarni o‘rganadi. O‘yinlar davom etar ekan, Jeymi bu bilimlardan foydalanadi. U raqiblarini haqorat qiladi va g‘azablantiradi. Ba’zida u himoyachilarni sariq kartochkalarga "o‘tirishga" yoki ularni maydondan chetlatishga majbur qiladi.
Joriy mavsumda Vardi “Lester” safida 15 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.