Arteta 18 yoshli futbolchisiga ishonch bildirishda davom etadi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Maylz Lyuis-Skellining o‘yinidan qoyil qoldi.
18 yoshli futbolchi "kanonirlar" safida "Monako" ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan so‘nggi o‘yinda maydonga tushdi. O‘yin yakunlanganidan so‘ng umidli yarim himoyachi o‘zining ishonchli o‘yini uchun ko‘plab olqishlarga sazovor bo‘ldi.
Endi jamoa bosh murabbiyi Arteta o‘sib borayotgan yulduzga ishonishda davom etishga tayyorligini aytdi.
"Biz u g‘alaba qozonishimizga yordam berishiga ishongandik va u shunday qildi. Biz unga ishonamiz.
Tajriba va yosh muhim emas. Uning atrofida juda ko‘p tajribali o‘yinchilar bor", - deya Arteta so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.