Arteta Kalafiorining holatiga to‘xtalib o‘tdi
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi Rikardo Kalafiori tayyorgarligi haqida ma’lumot berdi.
22 yoshli futbolchi "kanonirlar"ning so‘nggi uchta o‘yinini, jumladan chorshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida "Monako" bilan bahsni o‘tkazib yubordi.
"Biz faqat tibbiy bo‘lim tomonidan belgilangan muddatlarni hurmat qilamiz. U tuzalib ketgach, uni har kuni kuzatib boramiz. Rikardo hali to‘liq tayyor emasligini tushunamiz, lekin u allaqachon bunga juda yaqin turibdi", – dedi Arteta.