"Manchester Yunayted" Reshfordni qanchaga sotishini e’lon qildi
"Manchester Yunayted" rahbarlari hujumchi Markus Reshford bilan xayrlashishga tayyor bo‘lgan narxni belgilashdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" 27 yoshli futbolchini sotishdan taxminan 60 million yevro ishlab olmoqchi.
Angliya chempionatining joriy mavsumida Markus 15 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi.